Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo'sh ish o'rinlari yarmarkasi o'tkaziladi!

30 mart kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida bo'sh ish o'rinlari namoyishiga bag'ishlangan mehnat yarmarkasi o'tkaziladi! Tadbirning maqsadi kompaniya, tashkilot va korxonalarga, davlat idoralariga zamonaviy bilimlarga ega iste’dodli va istiqbolli kadrlarni jalb qilish, yosh mutaxassislarga ishga joylashishda ko‘maklashishdan iborat. Yarmarkada axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi 100 ta korxona va muassasalar, shuningdek davlat organlari mavjud ish o‘rinlari bilan qatnashadilar. Bu yilgi yarmarkada axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasida kadr tayyorlovchi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, uning hududiy filiallari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, jami 2600 dan ziyod yoshlarning ishtiroki kutilmoqda. AKT sohasida bilim va ko'nikmaga ega mutaxassislarni yarmarkaga taklif qilamiz! Mehnat yarmarkasi Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalri universitetining sport majmuasida soat 10:00 dan ish boshlaydi. Manzil: Amir Temur shoh ko'chasi, 108-uy). Shuningdek, mehnat yarmarkasi bir vaqtning o'zida yurtimizning quyidagi manzillarida bo'lib o'tadi: Samarqand: TATU ning Samarqand filiali (Shohruh Mirzo ko'chasi, 37a-uy) Farg‘ona: TATU ning Farg‘ona filiali (Mustaqillik ko'chasi, 185а-uy) Qarshi: TATU ning Qarshi filiali (Beshkent trassasi 3 km) Urganch: TATU ning Urganch filiali (Urganch shahri, Al-xorazmiy ko'chasi, 110-uy) Nukus: TATU ning Nukus filiali (Nukus shahri, A.Dosnazarov ko'chasi, 74-uy) Ma'lumot uchun telefon: 0(371) 238-43-48.

Топ рейтинг www.uz
© Aloqaloyiha, 2011-2016
Ma`lumotlardan nusxa
ko`chirayotganda,
saytimizga ssilka
qo`yish shart