Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

IT-Parkning yangi hamkori – Sturgeon Capital LTD

IT-Park “Sturgeon Capital LTD” (Buyuk Britaniya) investitsiya fondi bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatdi. Sturgeon Capital – Markaziy Osiyo va Kavkazdagi Yangi Ipak yoʻli mintaqasiga investitsiya kiritishda 10 yildan ortiq tajribaga ega boʻlgan Britaniyaning investitsion kompaniyasidir. Uchrashuvda tomonlar Oʻzbekistondagi texnologik ekotizim, startap-segmentlar va venchur moliyalashtirishni rivojlantirish, xususan: qoʻshma moliyalashtirish modelini va aniq startap loyihalariga investitsiya kiritish imkoniyatlarini aniqlash, baholash va kelishish jarayonini ishlab chiqish; startap loyihalarni moliyalashtirish yoki hamkorlikda moliyalashtirish; mintaqada xususiy investitsiyalar oʻsishini ragʻbatlantirish uchun xatarlarni kamaytirish boʻyicha moliyaviy vositalarni ishlab chiqish; dasturlarda qatnashish va / yoki venchur moliyalashtirish boʻyicha eng yaxshi tashabbuslar va usullar bilan almashish; Oʻzbekistonning startap ekotizimiga qiziqqan xorijiy venchur kapital fondlariga maslahat berish boʻyicha hamkorlik qilish va aloqalarni davom ettirish istagini bildirdilar. Manba: Axborot xizmati

© Aloqaloyiha, 2011-2018
Ma`lumotlardan nusxa
ko`chirayotganda,
saytimizga ssilka
qo`yish shart