Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Butun jahon pochta kuni nishonlandi

9 oktabr kuni "O'zbekiston pochtasi" AJ tomonidan O'zbekiston aloqa tarixi muzeyida Butunjahon pochta kuniga bag'ishlangan "Davra suhbati" shaklida uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Jamiyat rahbariyati, boshqaruv apparati, filiallar va pochta aloqasi bo'limlari xodimlari ishtirok etdi. Yig'ilish ochilishida, Jamiyat Ishlab chiqarish bo‘yicha direktori A. Rahimov ishtirokchilarni xalqaro kasb bayrami bilan tabriklab, joriy yilda Butunjahon Pochta Ittifoqi 145 yillik yubileyini nishonlashini ta'kidladi. So'ngra so'z Bosh direktor v. b. A. Fayzullayevga berildi, u o'z chiqishida 1874 yil 9 oktabrda Butunjahon Pochta Ittifoqining (BPI) tashkil etilishi tarixi haqida qisqacha ma'lumot berdi. Shuningdek, A. Fayzullayev O'zbekiston pochtasi faoliyati, uning oldida turgan vazifalar, shu jumladan, pochta infratuzilmasini o'zgartirish, e-tijoratni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, pochta xizmatlari turlarini kengaytirish, dilerlik va moliyaviy xizmatlar ko'rsatish kabilarni alohida ta'kidlab o'tdi. Bu borada ijobiy natijalarga erishilgani qayd etildi.

© Aloqaloyiha, 2011-2018
Ma`lumotlardan nusxa
ko`chirayotganda,
saytimizga ssilka
qo`yish shart