Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

TATU o‘qituvchisi “Fan va texnikada xizmat ko‘rsatgan arbob” xalqaro unvoni bilan taqdirlandi

Rossiya Federatsiyasining tabiiy va aniq fanlar akademiyasining Xalqaro olimlar, o‘qituvchilar va mutaxassislar Assotsiatsiyasi har yili fan va texnika rivojiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan olimlar o‘rtasida tanlov tashkil qilib, faoliyati eng yaxshi, deb topilgan olimlarni e’tirof qiladi. Tanlovda har yili Rossiya, Germaniya, Xitoy, Shri Lanka, Ozarboyjon, Bolgariya, Belorussiya, Qozog‘iston, Qirg’iziston, Tojikiston kabi davlatlardan 300 dan ortiq yosh olimlar o‘z ishlanmalari bilan ishtirok etgan edilar. Joriy yilda, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Audiovizual texnologiyalar kafedrasi o‘qituvchisi Beknazarova Saida Safibullayevna “Fan va texnikada xizmat ko‘rsatgan arbob” xalqaro unvoni bilan taqdirlandi. Manba: mitc.uz

© Aloqaloyiha, 2011-2018
Ma`lumotlardan nusxa
ko`chirayotganda,
saytimizga ssilka
qo`yish shart