Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining sertifikatlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha belgilab bergan 5 ta muhim tashabbuslardan uchinchisi: aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. Ushbu tashabbus doirasida Respublikamiz hududlarida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etilmoqda va o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti qoshida tashkil etilgan ushbu o‘quv markazining Piskent tumanida joylashgan filialida piskentlik yoshlar kompyuter savodxonligi, robototexnika, veb-dizayn asoslari, elektron tijorat singari bir qator yo‘nalishlarda saboq olyaptilar. Kuni kecha Piskent tumani hokimiyati, Xalq ta’limi boshqarmasi, «Yoshlar kelajagi» jamg‘armasi, Xalq demokratik partiyasidan tashrif buyurgan mas’ul xodimlar ishtirokida, o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tamomlagan bir guruh yoshlarga sertifikatlar topshirildi. Ma’lumot uchun: 9-30 yosh oralig‘idagi tinglovchilar uchun mashg‘ulotlar bepul o‘tiladi.

© Aloqaloyiha, 2011-2018
Ma`lumotlardan nusxa
ko`chirayotganda,
saytimizga ssilka
qo`yish shart