Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

TATUda “SMART CITY” xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda

“O‘zbekiston-Germaniya 2019” ilmiy-tadqiqot dasturining rejasiga binoan 2019 yil 7-11 oktyabr kunlari Germaniyaning Oldenburg universiteti, TATU, TATU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari hamkorligida TATUda “SMART CITY” mavzusida O‘zbekiston-Germaniya xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tmoqda. O‘quv-trening kursi tashkilotchilari: Germaniyaning Oldenburg universiteti, TATU "Yosh olimlar kengashi", TATU Samarqand, Nukus va Urganch filiallari. O‘quv-trening kursi maqsadi:– universitet professor-o‘qituvchilari va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish Vazirligi qoshidagi soha korxonalari xodimlari uchun “SMART CITY” dasturi bo‘yicha xalqaro tajriba almashish va hamkorlikni yanada mustahkamlashdan iborat. Konferensiya Germaniya va O‘zbekiston olimlari, ilmiy tadqiqotchilar, ishbilarmonlari va jamoat tashkilotlarini, ilmiy-tadqiqot institutlari va universitetlari vakillarini “SMART CITY” kontekstida bilim va tajriba almashish uchun birlashtiradi. Shuningdek, ushbu konferensiya Germaniya universitetlari va ilmiy-tadqiqot institutlari hamda jamoat tashkilotlari bilan halqaro hamkorlik o‘rnatish uchun katta imkoniyat hisoblanadi. Manba: Axborot xizmati

© Aloqaloyiha, 2011-2018
Ma`lumotlardan nusxa
ko`chirayotganda,
saytimizga ssilka
qo`yish shart