Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi

2016 yilning 3 may kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan dasturiy va texnik ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Ko‘rgazmani tashkil etishdan asosiy maqsad universitet va uning hududiy filiallarida ta’lim olayotgan talabalarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ularning intellektual salohiyatini rivojlantirish hamda iqtidorli yoshlarni rag‘batlantirish, eng asosiysi, yuqori salohiyat va iqtidorga ega bo‘lgan dasturchilar maktabini shakllantirishga qaratilgan.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi mamlakatning raqobatdoshlik darajasiga ta’sir ko‘rsatishi, katta hajmda axborot to‘plash va uni umumlashtirish imkonini berishi, boshqarishni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar ochib berishi hisobga olinsa, uning tarkibi bo‘lgan dasturiy mahsulotlar sanoatini rivojlantirish ham ustuvor ahamiyatga ega.

Ko‘rgazmada “Kompyuter injiniringi” va “Telekommunikatsiya texnologiyalari” fakultetlarining Iqtidorli talabalari, magistrlari va yosh professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan 200 dan ortiq dasturiy va texnik ishlanmalar namoyish etildi. Shundan, 33 ta axborot tizimlari ishlanmalari, 11 ta veb-sayt, 52 ta dasturiy ishlanma, 19 ta apparat ishlanmalar, 19 ta o‘yin dasturlari va 18 ta mobil ilovalaridan iborat ishlanmalardir.

Ishtirokchilar tomonidan yaratilgan dasturiy maxsulotlar va ishlanmalarni ta’lim, kichik biznes, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, sanoat va avtomobilsozlik sohalarida qo‘llash mumkin.

Ko‘rgazmada 5 ta nominatsiya belgilangan bo‘lib, tadbir yakunida “Eng yaxshi loyiha dizayni”, “Eng yaxshi veb-ishlanma”, “Eng yaxshi android ishlanma”, “Eng yaxshi Windows ishlanma”, “Eng yaxshi dasturiy va apparat-dasturiy ishlanma” mualliflari tashkilotchilar tomonidan maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

Ushbu ko‘rgazmaga 100 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruv organlari, Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasi korxona rahbarlari va mutaxassislar taklif etilgan.

Ko‘rgazma O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, «O‘zbektelekom» AK, «O‘zbekiston pochtasi» AJ, Axborot xavfsizligini ta’minlash markazi, BePro dasturchilar tayyorlash markazi, Elektron xukumat tizimini rivojlantirish markazi hamda «Unicon.uz» markazlari ko‘magida tashkil etildi.

Muallif: mitc.uz 


© Aloqaloyiha, 2011-2018
Ma`lumotlardan nusxa
ko`chirayotganda,
saytimizga ssilka
qo`yish shart