Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

Tarixi

"ALOQALOYIHA" Davlat unitar korxonasi loyiha-qidiruv korxonasi hisoblanadi. Faoliyatining asosiy yo'nalishi - qidiruv va turli aloqa ob'ektlarini loyihalashtirish bo'yicha ishlarni amalga oshirishdan iborat.

Sobiq SSSR aloqa Ministrligi Davlat Ittifoq loyiha institutining Toshkentdagi bo'linmasi 1958 yil 4 iyulda tashkil etilgan.

Bunday loyihalash muassasasining tashkil etilishi sobiq SSSR aloqa vositalarining shiddat bilan rivojlanishiga turtki bo'ldi. Shuni aytish kerakki, Institut yo'q joydan barpo etildi, shu bilan birga, kadrlar bilan tezda o'sdi, uning soni tez orada 1200 kishiga yetdi, obro'-e'tibor va tajriba to'plandi. Radio va radiotexnika ob'ektlarini hamda yirik shahar ATSlarini loyihalashtirish bo'yicha bosh institutga aylandi. Institutni tashkil etish davrida O'zbekiston SSR Aloqa vazirligi xodimlari DILI Toshkent bo'limining o'rindoshlik asosida ishlagan birinchi xodimlari bo'lishdi.


1972 yilning oktyabrida Loyiha-konstruktorlik byurosi negizida "Uzgiprosvyaz'" instituti tashkil etildi. 1992 yil dekabrida O'zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining buyrug'i bilan qayta tashkil etilgan (qo'shib yuborilgan) "Uzgiprosvyaz'" va GSPI-2 institutlari negizida O'zbekiston Respublikasi Aloqa loyiha instituti (O'zDALI) tashkil etildi. Institut:


  • kolxoz va sovxozlarda ichki ishlab chiqarish telefon aloqasi (IIChTA - VPTS)ni;
  • ichki zonaviy aloqa kabel tarmoqlarini;
  • respublikaning shahar va tuman markazlarida ATSlarni;
  • RAB binolarini;
  • kam quvvatli RRLni;
  • turar joylar va texnik binolarni;
  • fuqaro mudofaasini;
  • respublikaning aloqasini rivojlantirish bosh chizmasini loyihalash va radiolashtirish bilan shug'ullandi.

Institut o'zining ko'rsatgan faoliyati davomida ham sobiq Ittifoq, ham mustaqil O'zbekiston uchun muhim qishloq-xo'jalik ahamiyatiga ega bo'lgan ko'plab yirik loyihalarni ishlab chiqdi va bularga:


Toshkent-Andijon RRL, Gazli-Chelyabinsk-Sverdlovsk (Buxoro-Ural) RRL, Kustanay-Selinograd RRL, Petropavlovskda, So`kto`vkarda, O'sh shahrida radiomarkaz, 109-RRL, 163-RRL, 801-RRL, Termiz-Davlat chegarasi RRL, Elista-Astraxan' RRL, Mirzacho'l(golodnoy stepi) KM qurilishi, Krasnoyarsk-Sayano-S hushenskaya GES RRL, "Strela" (Krasnodar o'lkasi) ob'ekti, Cherkessk-Dambay RRL, "Maro`-Kushka" KLS, TOE ShTAL, Buxara-Nukus ShTAL, Qarshi-Termiz-O'zR Davlat chegarasi RRL, Angren-Farg'ona vodiysi ShTAL, Toshkent-Angren ShTAL, Toshkent-Buxoro-Olot RRL rekonstruksiya qilish, "TOEni zaxiralashtirish", "Toshkent shahrining telekommunikatsiyalar tarmog'ini modernizatsiya qilish va kengaytirish", "ToshShTSda radiorele liniyalarini tashkil etish", "O'zbekiston Respublikasining shahar va tuman telefon tarmoqlarini rivojlantirish bosh chizmalarini loyihalashtirish" va hokazolar kiradi.


Institut har doim sobiq Ittifoq kengliklarida va jonajon O'zbekistonda hozirgacha ishlab kelayotgan kabel va radirele magistrallar, qabul qilish va uzatish markazlari, radiostudiyalar loyihalarining sifatiga kafolat bo'lib kelgan.


1992 yilning iyulida O'zDALI "O'zbekaloqainvest" konsernining tarkibiga kiritildi. 1994 yilda O'zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining buyrug'i bilan "O'zbekaloqainvest" konserni "O'zbekaloqainvest" Davlat loyiha-qurilish birlashmasi (DLQB)ga o'zgartirildi, O'zDALI esa birlashmaning tarkibiy birligiga o'zgartirildi.


"O'zbekaloqainvest" DLQB 1994 yil 20 dekabrda Adliya vazirligida "Aloqainvest" AJ sifatida ro'yxatdan o'tkazilgan va O'zDALI esa AJning tarkibiy bo'linmasi bo'lib, O'zALIga qayta nomlangan.


O'zALIning "Aloqainvest" OAJning tarkibidan ajralib chiqishi uchun 2003 yilning iyulida "ALOQALOYIHA" Mas'uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi va 2008 yilning aprelida "ALOQALOYIHA" Mas'uliyati cheklangan jamiyatidan "ALOQALOYIHA" Davlat unitar korxonasiga qayta tashkil etildi.


"ALOQALOYIHA" Davlat unitar korxonasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 29 apreldagi "Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 847-son qarori bilan Nizom jamg'armasida davlat ulushi kamida 51 foizni tashkil etadigan yetakchi loyiha-tadqiqot tashkilotlari ro'yxatiga kiritilgan va quyidagilar asosiy vazifalari etib belgilangan:


  • o'rta va uzoq muddatli istiqbolda iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo'yicha takliflar tayyorlash, shuningdek, investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda belgilangan tartibda ishtirok etish;
  • ilg'or xorijiy tajribadan foydalangan holda, loyihalashtirishning zamonaviy va ilmiy jihatdan asoslangan texnologik tartibini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • ob'ektlarni avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirishning, jumladan, qurilishning ilg'or va yangi turdagi qurilish materiallarini qo'llashni ko'zda tutadigan zamonaviy texnologiyalarini joriy etish;
  • mualliflar tomonidan loyihalashtirilgan ob'ektlar qurilishining barcha bosqichlarida sifatli mualliflik nazoratini ta'minlash;
  • ilmiy-tadqiqot institutlari va yetakchi oliy o'єuv yurtlarini jalb etgan holda, yuqori texnologik uslublar va uskunalarni xalqaro standartlar darajasida qo'llashni ko'zda tutadigan loyihalashtirish jarayonlariga zamonaviy me'yorlar va standartlarni tatbiq etish bo'yicha takliflar tayyorlash;
  • ushbu yo'nalishda faoliyat ko'rsatayotgan oliy o'quv yurtlari talabalarining o'quv-ishlab chiqarish amaliyotini o'tashida, o'qituvchilarining tajriba orttirishida, ularga avtomatlashtirilgan tarzda loyihalashtirishning zamonaviy texnologiyalari bo'yicha materiallar hamda uslublarni taqdim etish borasida ko'maklashish.


Bugungi kunda korxonada katta ish tajribasi va ko'p yillik ish stajiga ega bo'lgan, yuqori darajadagi mutaxassislar - "Mohir aloqachilar: To`chinskaya Lidiya Mixaylovna, Yemel'yanenko Galina Georgievna, Ismailov Berdi Israilovich va boshqa mutaxassislar faoliyat ko'rsatmoqdalar. Ular bilan yonma-yon o'zining dunyoqarashiga ega bo'lgan, ularni oldida yangi texnologiyani, eng zamonaviy telekommunikatsiyalar texnikasini joriy etish vazifasi turgan yangi avlod loyihachilari tajriba orttirmoqdalar.

Топ рейтинг www.uz
© Aloqaloyiha, 2011-2016
Ma`lumotlardan nusxa
ko`chirayotganda,
saytimizga ssilka
qo`yish shart