Bo'limlar

MOBIL ALOQA TARMOQLARI VA STANSIYA INSHOOTLARINI LOYIHALASHTIRISH BO'LIMI

Bo'lim boshlig'i

Vakant
Tel: 71 241-60-97
Tel: 71 241-63-58
E-mail: oss@aloqaloyiha.uz
E-mail: orrlrs@aloqaloyiha.uz

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

- telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, telekommunikatsiyalarning stansiya inshootlarini, ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini rivojlantirish chizmalarini loyihalash bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
- qurilish loyihalari ekspertizasini bajarish;
- qidiruv ishlarini tayyorlash rejalarini ishlab chiqishda, uhandislik qidiruv ishlari va ularni bajarilishida ishtirok etish;
- loyihaning ishlab chiqiladigan qismidagi ish hajmlari va qiymatini aniqlash;
- muhim loyiha yechimlarini oyihalashni kelishishda qatnashish;
- korxona tomonidan loyihalashtirilgan ob'ektlarda mualliflik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish;
- rekonstruksiya qilish va bosh chizmalarni rivojlantirishning texnik-iqtisodiy asoslari bo'yicha hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish;
- aloqa va axborotlashtirish sohasida loyihalash va qurish bo'yicha normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqilishida qatnashish.


ARXITEKTURA VA FUQAROLIK INSHOOTLARINI LOYIHALASHTIRISH BO'LIMI

Bo'lim boshlig'i
Razzakov X. R.
Tel: 71 241-61-56
E-mail: olskls@aloqaloyiha.uz

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

- aloqaning magistral va zona kabel tarmoqlari, shahar va qishloq telefon tarmog'i, dispetcherlik va direktorlik aloqasi, xabardor etish tizimi va boshqa ob'ektlar bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
- qurilish loyihalari ekspertizasini bajarish;
- qidiruv ishlarini tayyorlash rejalarini ishlab chiqishda, uhandislik qidiruv ishlari va ularni bajarilishida ishtirok etish;
- loyihaning ishlab chiqiladigan qismining ish hajmlari va qiymatini aniqlash;
- loyihalashtiriladigan muhim loyiha yechimlarini kelishishda qatnashish;
- korxona tomonidan loyihalashtirilgan ob'ektlarda mualliflik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish;
- Bosh chizmalarni rivojlantirishning texnik-iqtisodiy asoslari va rekonstruksiya bo'yicha hujjatlarni ishlab chiqilishida ishtirok etish;
- aloqa va axborotlashtirish sohasida loyihalash va qurish bo'yicha normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqilishida qatnashish.


ARXITEKTURA VA ANTENNA-MACHTA INSHOOTLARINI LOYIHALASHTIRISH BO'LIMI

Bosh mutaxassis
Axmedov Abdumalik Karimovich
Tel: 71 241-62-41
E-mail: oams@aloqaloyiha.uz

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

- arxitektura-qurilish yechimlari, antenna-machta inshootlarining metall konstruksiyalari va sotali aloqa antenna (machta va minora)lari uchun metall konstruksiyali tayanch-to'sinlar, isitish va ventilyatsiya, bosh chizma va hokazolarni bo'limlari bo'yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
- tashqi korxonalar qurilish loyihalari ekspertizasini bajarish;
- qidiruv ishlarini tayyorlash rejalarini ishlab chiqishda, muhandislik qidiruv ishlari va ularni bajarilishida ishtirok etish;
- loyihaning ishlab chiqiladigan qismining ish hajmlari va qiymatini aniqlash;
- loyihalashtiriladigan muhim loyiha yechimlarini kelishishda qatnashish;
- korxona tomonidan loyihalashtirilgan ob'ektlarda mualliflik nazoratini amalga oshirishda ishtirok etish;
- aloqa va axborotlashtirish sohasida loyihalash va qurish bo'yicha normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqilishida qatnashish.



TOPO-GEODEZIYA VA GEOLOGIK IZLANISHLAR BO'LIMI

Bo'lim boshlig'i
Son Vyacheslav Petrovich
Tel: 71 241-61-56
E-mail:info@aloqaloyiha.uz

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

- qurilish hududi bo'yicha mavjud va olingan topografik, geologik, gidrogeologik, gidrografik, seysmik, iqlim va geofizikaga oid materiallarni (buyurtmaga qarab) yig'ish, o'rganish va tahlil qilish;
- mavjud topografik (situatsion) chizmalardan foydalangan holda maydonlar va trassalarni topogeodezik tekshirish (rekognossirovka qilish);
- muhandislik kommunikatsiya trassalarini aniqlash uchun zarur bo'lgan murakkab hududlar(uchastkalar)da alohida trassirovka ishlarini o'tkazish;
- suv olish mumkin bo'lgan joylardagi suv to'siqlari orqali o'tadigan muhandislik tarmoqlari stvorlari chuqurligini o'lchash;
- umumiy gidrogeologik sharoitlarni va tekshiriladigan uchastkada (maydonda) eng ko'p to'planishi mumkin bo'lgan yer osti suvlari sathini aniqlash;
- mavjud inshootlar sathini o'lchash, loyihalarni ko'chirish, ijro s'yomkalari, binolar va inshootlarning cho'kishi va shaklining o'zgarishini kuzatish hamda boshqa ishlarni bajarish;
- tanlangan maydonlarda va tashqi kommunikatsiyalarda ularga tutash yoki KLI trassalari bo'yicha muhandislik qidiruvlari;
- topografiya-geodeziya qidiruv ishlari, shu jumladan mavjud yerosti va yer usti kommunikatsiyalarni chizib ko'rsatish;
- geologiya-muhandislik va gidrogeologiya hamda geofizikaviy ishlar;
- qidiruv materiallarini rasmiylashtirish bo'yicha amaldagi normativ va direktiv hujjatlarga
muvofiq holda materiallarni rasmiylashtirish.



SMETA BO'LIMI

Bo'lim boshlig'i
Vaisova Noiba Saydullaevna
Tel: 71 241-60-91
E-mail:smeta@aloqaloyiha.uz

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

- telekommunikatsiyalar tarmoqlarini, telekommunikatsiyalarning stansiya inshootlarini, ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini;
- radiorele liniyalari, televizion radiouzatish stansiyalari, UQT (UKV) radioaloqa, aloqaning trank tizimlari, simsiz kirish tizimlari, radiotexnika qismining bo'limi bo'yicha yo'ldosh stansiyalari;
- aloqaning magistral va zona kabel tarmoqlari, shahar va qishloq telefon tarmog'i, dispetcherlik va direktorlik aloqasi, xabardor etish tizimini;
- arxitektura-qurilish yechimlari, bosh tarh, antenna-machta inshootlarining metall konstruksiyalari va sotali aloqa antenna (machta va minora)lari uchun metall konstruksiyali tayanch-to'sinlar, isitish va ventilyatsiya;
- elektr ta'minot, aloqa korxonalarini elektr yoritish, aloqaning loyihalashtirilayotgan uskunalarini yerga ulash ishlarini loyihalashtirish bo'yicha smeta hujjatlarini ishlab chiqish;
- korxonalar qurilishi bo'yicha loyihalar ekspertizasini bajarish.



TEXNIK BO'LIM

Bo'lim boshlig'i
Abduraxmonova Dilrabo Asqarxodjayevna

Tel: 71 241-62-49
E-mail:info@aloqaloyiha.uz

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

- normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlari, korxonaning ichki lokal hujjatlarini joriy etish hamda normativ-huquqiy hujjatlarning elektron ma'lumotlar bazasini tashkil etish;
- loyiha-qidiruv ishlarining texnik tayyorgarlik jarayonini tashkil etishda, loyiha-qidiruv ishlari jarayonini avtomatlashtirish bo'yicha ishlarni olib borish uchun yangi texnika va ilg'or texnologiyalarni joriy etishda qatnashish;
- normativ-huquqiy hujjatlar, davlat va tarmoq standartlarini ishlab chiqish va qayta ko'rib chiqish masalalari bo'yicha vazirliklar, idoralar, kompaniyalar, korxonalar, ilmiy-tadqiqot institutlari va markazlar bilan o'zaro hamkorlik qilish hamda o'tkaziladigan tarmoq normativ hujjatlari monitoringida belgilangan tartibda ishtirok etish;
- loyiha ishlanmalarini texnik arxivda saqlanishini ta'minlash.



FOYDALANISH-XO'JALIK BO'LIMI

Bo'lim boshlig'i
Shorustamova G.

Tel: 71 241-59-97
E-mail:info@aloqaloyiha.uz

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

- korxonaning bo'limlariga xo'jalik xizmatlarini ko'rsatish;
- korxonani ishlab chiqarishning sifatli vositalariga bo'lgan ehtiyojlarini o'z vaqtida ta'minlash;
- loyiha-qidiruv ishlari jarayonini avtotransport bilan ta'minlash;
- ta'minot xizmati ishlarini oqilona tashkil etish;
- ishlab chiqarish binolarini ishlab chiqarish sanitariyasi hamda yong'in xavfsizligi qoidalari va me'yorlariga muvofiq zarur holatda saqlash.


BUXGALTERIYA

Bosh buxgalter
Emirova Margarita Xaydarovna
Tel: 71 241-62-71
E-mail:info@aloqaloyiha.uz

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

- korxonaning moliyaviy-xo'jalik faoliyati natijalarini belgilangan qoidalarga muvofiq holda, hisobga olinishini ta'minlash;
- kelib tushayotgan pul mablag'lari, tovar-moddiy boyliklar va asosiy vositalar hisob-kitobi yuritilishini hamda pul oqimi bilan bog'liq operatsiyalarning buxgalteriya hisobida o'z vaqtida aks ettirilishini ta'minlash;
- davlat byudjeti hisobiga to'lovlarni o'z vaqtida o'tkazilishini, davlat ijtimoiy sug'urtasiga badallarning hisoblanishi va iqtisodiy rag'batlantirish fondlari hamda boshqa fondlar va zaxiralarga ushlab qolinishini ta'minlash.



Personal bilan ishlash bo'yicha bosh mutahassis

Hamdamova N.A.
Tel: 71 241-60-56
E-mail:ok@aloqaloyiha.uz

GURUHNING ASOSIY VAZIFALARI:

- korxonada xodimlarni ishga qabul qilish-bo'shatish jarayonini hujjatlashtirish;
- kadrlarni joy-joyiga to'g'ri qo'yish, lavozimga tayinlashda ularni tanlab olish maqsadida xodimlarning tarkibi, ishchanlik va boshqa sifatlarini tahlil qilish;
- ishchi kadrlarni mutaxassisligi va malakalariga muvofiq holda, ularni joy-joyiga qo'yilishi va foydalanilishi ustidan nazorat qilish;
- kelajakda mutaxassislarga bo'ladigan qo'shimcha ehtiyojlarni aniqlash hamda bo'lajak yosh mutaxassis-loyihachilarni tanlash yuzasidan o'quv muassasalari bilan ishlash;
- o'quv markazlarida mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash yuzasidan malaka oshirish bo'yicha ishlar olib borish.



REJA VA IQTISODIYOT BO'LIMI

Bo'lim boshlig'i
Umarova Sevara
Tel: 71 241-64-95
E-mail:econom@aloqaloyiha.uz

BO'LIMNING ASOSIY VAZIFALARI:

- Ratsional iqtisodiy faoliyatni tashkil etishga qaratilgan iqtisodiy rejalashtirish bo'yicha ishlarni bajarish, eng yuqori iqtisodiy samaradorlikka erishish uchun ishlab chiqarish zaxiralarini aniqlash va ulardan foydalanish.
- Korxona faoliyatini kompleks iqtisodiy tahlilini tashkil etish va ishlab chiqarish quvvatlari, moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanish, rentabellikni oshirish bo'yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi.
- Loyihalash-qidiruv ishlarini bajarish uchun shartnomaviy hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish, tayyor mahsulotlarning xujjatlarini rasmiylashtirish, loyiha-qidiruv ishlarini bajarish rejalari va jadvallarini tuzish va shartnomaviy majburiyatlarning bajarilishini nazorat qilish.