Rahbariyat

DIREKTOR

Kamilov Dilshod Mirhalikovich

Tel: (+998) 71 241-62-50, (+998) 71 241-61-40
E-mail: d.kamilov@aloqaloyiha.uz
Qabul kunlari:
seshanba 10:00 dan 12:00 gacha
payshanba 14:00 dan 16:00 gacha



VAZIFASI:

- Loyiha-qidiruv ishlarining bajarilishi, korxonaning ishlab chiqarish, iqtisodiy va texnik faoliyati ustidan umumiy boshqaruv va nazoratni amalga oshirish;
- Mehnatni tashkil qilishni takomillashtirish va loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishning texnologik jarayoni boʻyicha ishlarni boshqarish;
- Korxona moliyaviy resurslarini boshqarish;
- Mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha ishlarni boshqarish;
- Korxona faoliyatining asosiy masalalari boʻyicha qarorlar qabul qilish;
- Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, loyihalash muddatlarini qisqartirish, loyihani ishlab chiqishda yangi texnika va texnologiyalarni joriy etish boʻyicha rejalashtirilgan koʻrsatkichlarni bajarilishi yuzasidan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini nazorat qilish.

 

Biografiya:

1979yili Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati - O'zbek.
Ma'lumoti oliy. 2002-yilda Toshkent Axborot Texnologiyalari universitetini tamomlagan.

Malakasi - Telekommunikatsiya magistri.
2000-yildan 2009-yilgacha AK "O'zbektelekom", TSHTT filialida faoliyat olib borgan.
2009-yil aprelidan "ALOQALOYIHA" MCHJda I-toifali muhandis, Yetakchi muhandis hamda bo'lim boshlig'i.
2012-yil avgustidan "ALOQALOYIHA" MCHJ bosh muhandisi.
2015-yil avgustidan "ALOQALOYIHA" MCHJ direktori.


DIREKTOR O'RINBOSARI

Jaloliddinov Kamoliddin Jaloliddin o'g'li

Tel: (+998) 71 241-62-95
E-mail: k.jaloliddinov@aloqaloyiha.uz
Qabul kunlari:
chorshanba 14:00 dan 16:00 gacha
juma 10:00 dan 12:00 gacha



VAZIFASI:

- Yuqori sifatli va maqbul boʻlgan texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni ta’minlashga qaratilgan loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda yagona texnik-iqtisodiy siyosatni amalga oshirish boʻyicha korxonaning texnik faoliyatini boshqarishni ta’minlash;
- Loyiha hujjatlarini ishlab chiqish jarayonining asosiy vazifalarini shakllantirish va asoslashni amalga oshirish;
- Loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqishda me’yoriy va koʻrsatma hujjatlar talablariga rioya etilishini nazorat qilish;
- Ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarining sifati va texnik siyosati masalalarida loyiha bosh muhandislarining ishiga rahbarlik qilish.