Farg‘ona shahrida informatika va axborot texnologiyalarini chukurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi

Bugun,29-yanvar kuni ushbu maktabning ochilish marosimi bo‘lib ot‘di. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari J. Egamberdiyev, Xalq ta’limi vazirining o‘rinbosari I. Djo‘rayev, Farg‘ona shahar hokimi X. Xabibidinov, shuningdek keng jamoatchilik hamda o‘quvchi yoshlar ishtirokida tashkil etildi.
Maktab mahalliy mablag‘lar xisobidan, ta’mirdan qicharilib, qaror bilan belgilangan xomiy tashkilotlar “O‘zbekiston pochtasi” AJ hamda “Aloqaloyixa” DUK tashkilotlari tomonidan o‘quv xonalari to‘liq jixozlandi.
Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan jixozlangan va yukori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulangan sinf xonalari, robototexnika xonasi, raqamli kutubxona, o‘kuvchilarga informatika va axborot texnologiyalari fanini chukur o‘zlashtirish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Ochilish marosimida xakaton “Open Data Challenge 2020” sovrindorlari hamda saralash tanlovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan iqtidorli o‘kuvchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi hamda estalik sovg‘alari topshirildi.





