"Yashil poytaxt" aksiyasi Yakkasaroy tumanida davom etmoqda

Ezgu ishni shaxsiy namuna va o‘rnak ko‘rsatgan holda “ALOQALOYIHA” MCHJ direktori D. Kamilov “ALSKOM” AJ SK direktori o‘rinbosari M. Alimdjanov boshlab berdi.
Jumladan, bugun "Million daraxt ekish aksiyasi" doirasida “Dilbuloq” Mahallasi hududida joylashgan ko‘p qavatli uylarning atrofiga 30 to‘pdan oshiq mevali va manzarali ko‘chat daraxtlari ekildi.

