Buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

Bugun buyuk ajdodimiz - O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povolj'e va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanatining (1370-yil) asoschisi, Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyoli, turk avlodining barloslaridan bo‘lgan amir Muhammad Tarag‘ay oilasida 1336-yil 9-aprel kuni tug‘ilgan Amir Temur bobomizning tavallud topgan kuniga bag‘ishlab, uning hayoti to‘g‘risida “ALOQALOYIHA” Davlat unitar korxonasida davra suhbati o‘tkazildi.