"Mehnat muhofazasi haftaligi" o'tkazildi

Shu munosabat bilan, “ALOQALOYIHA” Davlat unitar korxonasida 2021-yil 26-29-aprel' kunlari “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Mehnat muhofazasi haftaligi” tashkil etildi. Haftalik doirasida “Mehnatni muhofaza qilish tushunchasi”, “Sanitariya va gigiena asoslari”, “Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilishda haydovchi va piyodalarning mabjuriyatlari”, “Xodimlarning tibbiy ko‘rikdan o‘tishini tashkil qilish tartibi” hamda “Yong‘in xavfsizligi” mavzularida xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi.