Hamkasbimiz taqdirlandi

2021-yil 10-may kuni O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining buyrug‘iga muvofiq, 7 may - Aloqachilarning kasb bayrami munosabati bilan axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish sohasi yuksalishi hamda ravnaq topishi yo‘lida samarali mehnat qilib kelayotgan korxonamizning tajribali, yetakchi va oqsoqol mutaxassisi M.A.Sharipov Vazirlikning "Faxriy yorlig'i" bilan mukofotlandi.
Suratda: vazir Sh.M.Sadikov "Faxriy yorliq"ni M.A.Sharipovga topshirmoqda.