Korxona xodimlari hasharda faol

Ushbu aksiya “Navro‘z” umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, hududlarning epidemiologik osoyishtaligini saqlash, sog‘lom turmush tarzi va sanitariya-gigiyenik madaniyatni targ‘ib etgan holda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek mahallalar, aholi turar joylarini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.
Xayriya hasharini o‘tkazish doirasida korxona hududi obodonlashtirildi, yo'lak va ariqlar chiqindi va shox-shabbalardan tozalanib, tartibga keltirildi.

