Hurmatli Murabbiylar va Ustozlar

Barchamizni bilimlar olamiga oshno etish barobarida ongu-shuurimizda oliyjanob fazilatlarning shakllanishi, teran va sog‘lom tafakkur sohibi bo‘lib voyaga yetishimizda mehribon ustozlar, fidoyi murabbiylar, g‘amxo‘r o‘qituvchilarning xizmati beqiyosdir.
Biz sizga avvalo sog‘lik va salomatlik, xonadoningizga tinchlik va xotirjamlik, ishlaringizda omad tilaymiz! Yana bir bor bayramingiz bilan, aziz ustozlar!!!