Maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri - Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2021-yil 20-yanvar kunidagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2020-yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2021-yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug‘i ijrosini ta'minlash maqsadida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda 2021-yil 13-oktabr kuni “ALOQALOYIHA” MCHJda “Obyektda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tabiiy va texnogen xususiyatdagi favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri xarakat qilish” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.