Korxona yana bir yo'nalishda taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligining 2021-yil 11-iyundagi 32-11-son bilan tasdiqlangan “Soha xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni o‘z vaqtida bajarganligi va korxona xodimlari o‘rtasida targ‘ibot ishlarini faollik bilan olib borganligi uchun “ALOQALOYIHA” Davlat unitar korxonasi – “Axborot-kommunikasiya texnologiyalari sohasidagi eng faol targ‘ibotchi korxona” nominasiyasi bo‘yicha 2-o‘rinni egalladi.