Mehnat qonunchiligi bo'yicha seminar

2022-yil 28-fevral kuni “ALOQALOYIHA” Davlat unitar korxona xodimlariga Mehnat qonunchiligi, Mehnat shartnomalarini tuzishda xodimlarning huquqlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-iyundagi “Davlat organlari va tashkilotlarida yuridik xizmat ko‘rsatish faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5168-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish bo‘yicha Shayxontohur tuman yuridik xizmatlar ko‘rsatish markazi hamda tuman Adliya bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tadbir o‘tkazildi.