Mehnatni muhofaza qilish va xodimlar malakasini oshirish bo'yicha davra suhbati bo'lib o'tdi

Davra suhbatida O‘zbekiston axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikasiya xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining bosh Mehnat texnik inspektori B.Mirzaev hamda O‘zbekiston metallurgiya va mashinasozlik sanoati tarmoqlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi mehnatni muxofaza qilish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Sagdullaev ishtirok etishdi.
Davra suhbati ishtirokchilariga Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.