“ALOQALOYIHA” Davlat unitar korxonasi «Bo'sh ish o‘rinlar yarmarkasi» ishtirok etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tashabbusi bilan 2022-yil 31-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida «Assalom, Navro‘z – yangilanish, mehr-oqibat va qadr-qimmat ayyomi!» bayram tadbiri tashkil etildi.
Bayram tadbir doirasida «Bo‘sh ish o‘rinlar yarmarkasi» tashkil etildi. Uning doirasida “ALOQALOYIHA” Davlat unitar korxonasi tomonidan ham talabalar uchun korxonaning bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumot berildi.