“Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
“ALOQALOYIHA” Davlat unitar korxonasida 2022 yil 20 mart sanasida “Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan mehnatni muhofaza qilish va xodimlar malakasini oshirish bo‘yicha manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Shayxontohur tumani Sanitariya epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mas'ul xodimi N.Rasulov ishtirok etdi.
Davra suhbati ishtirokchilariga Mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasiga oid qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.