Amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi "O'zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-144-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 maydagi 08/1-1343-son topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yil 8 sentyabr kuni "ALOQALOYIHA" Davlat unitar korxonasining bir guruh xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutining “Favqulodda vaziyatlar simulyasiyasi markazi” mas’ul xodimlari ishtirokida zilzila va uning oqibatlariga oid ko‘rgazmali o‘quv-uslubiy vositalardan foydalangan holda amaliy o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.