Vatan himoyachilari kuni nishonlandi

1993 yil 29 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan "14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni" deb belgilandi. Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o‘z burchini o‘tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami - deb qabul qilingan. Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo‘mondonining Vatan himoyachilariga yo‘llagan tabrigi chop etilib, unda Qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi. Ona yurtimiz har doim o‘zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o‘zi yashayotgan yurt tuprog‘ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o‘z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi.
“ALOQALOYIHA” Davlat unitar korxonasi jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog‘liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to‘liq bo‘lsin. Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo‘lishi uchun har doimgidek o‘z kuch-g‘ayratingizni ayamang! Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz! Bayramingiz muborak, azizlar!!!
 
Biringiz o‘g‘ilsiz, biringiz yorsiz, 
Biringiz inimiz, ishda hamkorsiz. 
Og‘irimiz yengil qilib doimo,
Yaxshi hamki baxtimizga siz borsiz. 
 
Muhtojlik sezamiz himoyangizga, 
Va lek chidolmaymiz kinoyangizga.
Yer va ko‘kka sizni ishonmay,
Doim aylanurmiz hamsoyangizga.