Huquqiy ong va madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha davra suxbati bo'lib o'tdi.
Joriy yilning 21-aprel kuni "ALOQALOYIHA" Davlat unitar korxonasi xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida korxona xodimlari ishtirokida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi “Lisenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6044-son hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 avgustdagi “Respublikada eksport va investisiya salohiyatini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6042-son Farmonlari mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirishlar berildi.