Huquqiy ong va madaniyatni oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida davra suxbati bo'lib o'tdi

Joriy yilning 28-aprel kuni "ALOQALOYIHA" Davlat unitar korxonasi xodimlarining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida korxona xodimlari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Davra suhbati ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 22-sentabrdagi "Mehnatni muhofaza qilish to'g'risida" O'RQ-410-son Qonunining 24-moddasi “Majburiy tibbiy ko‘riklar” mavzusida ushbu moddaning mazmun-mohiyati to‘g‘risida tushunchalar berildi. Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi “Mehnat Kodeksi”ning 214-moddasiga binoan ish beruvchi mehnat shartnomasi tuzish chog‘ida dastlabki tarzda va keyinchalik (ish davomida) vaqti-vaqti bilan quyidagi: 
- o‘n sakkiz yoshga to‘lmaganlar;
- oltmish yoshga to‘lgan erkaklar, ellik besh yoshga to‘lgan ayollar;
- nogironlar;
- mehnat sharoiti noqulay ishlarda, shuningdek transport harakati bilan bog‘liq ishlarda band bo‘lganlar;
- oziq-ovqat sanoatida, savdo va bevosita aholiga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa tarmoqlardagi ishlarda band bo‘lganlar;
- umumta'lim maktablari, maktabgacha tarbiya va boshqa muassasalarning bevosita bolalarga ta'lim yoki tarbiya berish bilan mashg‘ul bo‘lgan pedagog va boshqa xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilish shartligi to‘g‘risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Yig‘ilish ishtirokchilarga “Xodimlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish to‘g‘risida nizom”ga muvofiq tibbiy ko‘riklar yuqumli va parazitar kasalliklar kelib chiqishi va tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek kasb kasalliklari, zaharlanishlar va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida o‘tkazilishi tushuntirib o‘tildi.
Скачать файл: 18-son-bayonnoma.pdf
Посмотреть онлайн файл: 18-son-bayonnoma.pdf

Скачать файл: tibbiy-korikdan-otish.pptx