Korrupsiyaga qarshi kurashish - mamlakat tarraqqiyotining kafolatidir.

Korrupsiya jamiyatning barcha sohalariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi salbiy illatdir. Korrupsiya, birinchidan, jamiyatda adolatsizlik, tengsizlik va aholining noroziligiga olib keladi, bu esa barcha sohadagi islohotlarning natijasiga salbiy ta'sir etmay qolmaydi; ikkinchidan, fuqarolarimizda huquqiy ong hamda huquqiy madaniyatning yetarli darajada emasligi, o‘z haq-huquqini himoya qila olmasligi jamiyatda adolat mezonining buzilishini ko‘paytiradi; bundan tashqari, korrupsiya rivojlanishga tahdid solib, mamlakatimizning iqtisodiy va xavfsizligiga katta zarar yetkazadi.
So‘nggi yillarda, sohada korrupsiyaga qarshi kurash sifat va mazmun jihatdan mutlaqo yangi darajaga ko‘tarildi. Zero, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev 2022 yilning 24 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, “Aholimiz bizdan maktab, bog‘cha va shifoxonalarni ko‘paytirish, ta’lim va tibbiyot sifatini oshirishni, mahallada yo‘l, suv, elektr, transport muammolarini hal qilishni, ish o‘rinlarini ko‘paytirish, tadbirkorlikka yangi imkoniyatlar yaratishni, adolatni ta’minlash, ovoragarchilik, byurokratiya va korrupsiyani yo‘q qilishni kutmoqda”.
Korxonada korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida normativ-huquqiy bazani tizimli ravishda takomillashtirib borish choralari ko‘rildi.
Xususan, korxonaning Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati ishlab chiqildi. Ushbu yo‘nalishda tizim faoliyatini mustahkamlash, mavjud normativ huquqiy hujjatlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan 10 dan ortiq ichki lokal hujjatlar ishlab chiqilib, tasdiqlandi.
Korrupsiya holatlarining oldini olish va ularni bartaraf etishning eng muhim jihatlaridan biri – davlat boshqaruvi tizimida «inson omili»ni kamaytirish uchun davlat va jamiyat boshqaruviga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini keng joriy etish yo‘lga qo‘yildi. 
Korxonada ham korrupsiyaga qarshi kurashish strategiyasini amalga oshirish maqsadida xodimlarimiz o‘rtasida korrupsiya ko‘rinishlarining oldini olish bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Eng asosiysi, korxona korrupsiyaga kurashish sohasida ochiqlik siyosatiga amal qiladi. Shu bois jamoatchilik bilan bevosita muloqot o‘rnatish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va ma’lumot almashinuv kanallari orqali bevosita aloqa tashkil qilingan.
Korrupsiya huquqlarining buzilishi, mamlakat taraqqiyoti va jamiyat ravnaqiga jiddiy ta’sir etar ekan korrupsiyaga qarshi kurashish, bu illatni barcha soha va jabhalardan siqib chiqarish, yurtimizni korrupsiyadan xoli hududga aylantirish birgina davlat idorasi yoki jamoat tashkilotining vazifasi emas, balki, shu davlat fuqarosi, jamiyat a’zolariga birdek tegishli bo‘lgan vazifa, mas’uliyat hisoblanadi. Shunday ekan barchamiz ushbu illatning avj olishiga, huquq va manfaatlarimizning buzilishiga yo‘l qo‘ymasligimiz lozim.
 
“ALOQALOYIHA” MCHJ direktori Dilshod Kamilov